• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • O‘zbekistonda vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari dorilar bilan ta’minlanishi mumkin

O‘zbekistonda vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari dorilar bilan ta’minlanishi mumkin

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 13:10
Mudofaa vazirligi “Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlarining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Prezidentning “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Mudofaa Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Harbiy prokuratura, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarining oila a’zolari uchun quyidagilar belgilangan:

Quyidagilarni nazarda tutuvchi — vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a’zolarini O‘zbekiston hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida sog‘lomlashtirish, dori vositalarini, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish, og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lganlarga dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasini kompensasiya qilish, jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolariga belgilangan imtiyoz va kafolatlarni tatbiq etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda “Faxriylar to‘g‘risida”gi, “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati