O‘zbekistonda vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari dorilar bilan ta’minlanishi mumkin
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 24
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-04-2024, 13:10
Prezidentning “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Mudofaa Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Harbiy prokuratura, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarining oila a’zolari uchun quyidagilar belgilangan:
Quyidagilarni nazarda tutuvchi — vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a’zolarini O‘zbekiston hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida sog‘lomlashtirish, dori vositalarini, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish, og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lganlarga dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasini kompensasiya qilish, jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolariga belgilangan imtiyoz va kafolatlarni tatbiq etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda “Faxriylar to‘g‘risida”gi, “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.