Boku arman tomoni bir kunda 30 marta qurolli provokasiya sodir etganini ma’lum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 13:00
Oxirgi 24 soat ichida Ozarbayjon Qurolli kuchlarining pozisiyalari 30 marta o‘qqa tutildi. Bu haqda 6 aprel, shanba kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“5 aprel kuni soat 21:55 dan 23:20 gacha Tovuzgalin tumanining Myusyurskend, Ashagi Shorja, Yuxari Shorja, Basarkechyar tumanining Gyuneshli va Goris tumanining Aravus aholi punktlari yo‘nalishida joylashgan Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari pozisiyalaridan vaqti-vaqti bilan Tovuz tumanining Alibeyli, Dashkesan tumanining Xoshbulag, Kelbajar tumanining Yellija, Zyaylik va Lochin tumanining Chag‘azur aholi punktlari yo‘nalishida joylashgan Ozarbayjon armiyasi pozisiyalariga turli kalibrli o‘qotar qurollardan o‘qqa tutildi”, — deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, so‘nggi 24 soat ichida Ozarbayjon armiyasining turli yo‘nalishlarda joylashgan bo‘linmalari jami 30 marta o‘qqa tutilgan.

Ozarbayjon mudofaa mahkamasi kecha, 5 aprel kuni ham Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari "navbatdagi provokasiyalarga zamin tayyorlash maqsadida" chegaraning turli yo‘nalishlarida Ozarbayjon armiyasi pozisiyalari qarshisidagi handaqlarda muhandislik-takomillashtirish ishlarini olib borishga uringani hamda ko‘rilgan shoshilinch choralar tufayli davom etayotgan ishlar darhol to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, soat taxminan 17:25 da Berd tumanining Chinarli qishlog‘i hududidan Tovuz tumanining Munjug‘lu qishlog‘i yo‘nalishida joylashgan armiya pozisiyalari kichik qurollardan o‘qqa tutilgani xabar qilindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati