Elchixona xodimidan pul undirmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:54
Shu yilning 4 aprel kuni soat 16:15 da noma’lum ayol Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xavfsizlik postidagi “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalyoni telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qildi.

O‘zini shifokor deb tanishtirgan ayol qizi yo‘l-transport hodisasida jarohat olgani, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun zudlik bilan 20 ming AQSh dollari olib kelishi kerakligi so‘radi.

Qo‘ng‘iroqqa javob bergan “Qo‘riqlash” xizmati xodimi firibgarlar qo‘ng‘iroq qilayotganini darhol anglab, ularni qo‘lga olish maqsadida “qizini qutqarish uchun” uchrashishga va pul berishga tayyorligini bildiradi. Ayol Pokiston elchixonasi yaqinida uchrashuv belgilaydi, lekin u pulni olib ketish uchun o‘rniga Ruslan ismli tanishini yubordi.

Xavfsizlik postining rasmiy telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan Ruslan jarohatlangan qizning otasini kutayotganini aytadi. Firibgar uchrashuv belgilangan joyda xodimlar tomonidan qo‘lga olinib, Yakkasaroy tumani ichki ishlar bo‘limiga olib borildi. Fuqaroning shaxsi tekshirilganda, u aslida Chilonzor tumanida yashovchi Samandar ismli 23 yoshli fuqaro ekani aniqlandi.

Ayni paytda Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, surishtiruv davomida uning sherigi aniqlanadi, shuningdek, boshqa shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi tekshiriladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati