Qani o‘sha tezlik, Neymar?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:54
Vaqtida Braziliya futbolida hattoki, Pele va Garrincha, Ronaldo va Ronaldinyodan ham o‘zib ketishi aytilgan megaiqtidor - Neymar anchadan buyon maydondan tashqarida.Oxirgi yillar jarohatlarga o‘ralashib qolgan «Al-Hilol» hujumchisi bu ketishda megaumidlarni qachon oqlaydi? O‘zi umidlarni oqlay oladimi? Katta savol... Aytish kerak, Neymar chindan ham, futbol olamiga to‘fondek yopirilib kirgandi. Oddiy misol, 21 yoshgacha «Santos»da to‘p tepgan vunderkind 225ta o‘yinda 136ta gol urib, bunga 69ta assistni ham qo‘shib qo‘ygandi. Qolaversa, 6ta sovrindan kolleksiya yasashga ulgurgandi. To‘g‘ri, Neymarning yevrofutboldagi yo‘li ham chakki chiqmadi. Ayniqsa, «Barselona»da ancha samarali o‘ynadi, shu tariqa transferlar bo‘yicha jahon rekordi yangilanishiga sababchi bo‘ldi. Uning «PSJ» va «Al-Hilol»dagi yurishi xususida esa biror jo‘yali fikr bildirish qiyin.Neymar Braziliya milliy jamoasida ham yorqin yulduz rutbasini to‘la oqlolmadi. Bunga turli darajadagi jarohatlar xalaqit bergani o‘z-o‘zidan tushunarli. Lekin... Asosiy fakt bitta - Neymar 21 yoshgacha ko‘rsatgan tezligi yarmini ham ushlab qololmagandek...












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati