Andijon futbolchisi Tojikiston U-23 terma jamoasidan chaqiruv oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:42
Shu yilning 15 aprel va 3 may kunlari oralig‘ida Qatar mamlakatida futbol bo‘yicha U23 Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turnirda ishtirok etish uchun "Andijon" jamoasining tojikistonlik hujumchisi Shaxrom Samiyev ham taklif qilingan. Shu bois futbolchi ayni paytda Qatar poytaxti Doxada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borayotgan Tojikiston U23 terma jamoasi ixtiyoriga qo‘shildi.

Ta’kidlash kerakki, Superliganing 5-turida "Lokomotiv"ga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushib “Andijon” safidagi ilk golini urgan Samiyev terma jamoaga yuqori kayfiyatda yetib keldi va u yerdagi mashg‘ulotlarini boshlab yubordi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogida "S" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Tailand termalari bilan kuch sinashadi. Samiyev va uning jamoasi ilk uchrashuvini 16 aprel sanasida Saudiya Arabistoni U23 termasiga qarshi o‘tkazadi.

 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati