94 yoshli onaxonga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:30
Anora momo 1930 yilning 1 iyulida Nurota tumanining Modovod qishlog‘ida tug‘ilgan. U oilada to‘qqiz farzandning uchinchisi bo‘lgan. O‘n nafar farzandi, 44 nevara, 89 chevara va 6 nafar evarasi bor.

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida 94 yoshli Anora Musurmonovaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Aksiya doirasida adliya idoralari tomonidan viloyat bo‘yicha tug‘ilganlik, o‘lim, nikoh va nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomalar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi holatlar bilan bog‘liq 3 ming 380 ta sayyor davlat xizmatlari natijasida 2 ming 796 ta hujjat rasmiylashtirilib, egalariga topshirildi. Shuningdek, 17 ming 370 marta huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, bir qator ijtimoiy muammolariga yechim topildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati