• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Mutaxassis: Diabet oldi holatini o‘z vaqtida davolamaslik qandli diabet rivojlanishiga olib keladi

Mutaxassis: Diabet oldi holatini o‘z vaqtida davolamaslik qandli diabet rivojlanishiga olib keladi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:26
Diabet oldi holat — bu inson organizmida uglevod almashinuvining erta buzilishi bo‘lib, normal ahvol va qandli diabet o‘rtasidagi oraliq holatdir.

Diabet oldi holat ko‘pincha alomatlarsiz kechishi sababli uni tashxislash ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi.

— 90 foiz hollarda u tasodifan, ya’ni rejaviy ko‘rik yoki biron kasallik mavjudligi sababli tayinlangan laboratoriya tekshiruvlari davomida aniqlanadi, — deydi tibbiyot fanlari doktori Sevara Faxrutdinova. — Shunga qaramasdan, ba’zi odamlarda diabet oldi holat umumiy holsizlik, mehnat qobiliyatining pasayishi, kuchli chanqoq hissi, tez-tez peshobga chiqish, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, qon bosimining ko‘tarilishi, yaralarning sekin bitishi kabi qandli diabetga xos bo‘lgan ayrim alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Qandli diabet paydo bo‘lishi ehtimoli yuqoriligining asosiy belgisi hisoblangan bu holat yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfining oshishi, erkaklarda testosteron gormonining pasayishi tufayli jinsiy zaiflik, ayollarda esa hayz ko‘rishning buzilishi va aksariyat holatlarda bepushtlikka olib kelishi mumkin. ‼️ Diabet oldi holatini o‘z vaqtida aniqlash va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish uchun yuqori xavf guruhida bo‘lgan 40 yoshdan katta insonlar har yili bir marotaba qondagi qand miqdorini aniqlash uchun tegishli tahlillarni topshirishi zarur.

Bunda qondagi qand miqdori:




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati