• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash bojxona postida jami deklarasiyalarning 50 foizi rasmiylashtiriladi

Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash bojxona postida jami deklarasiyalarning 50 foizi rasmiylashtiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:22
Keyingi yillarda bojxona tizimida amalga oshirilayotgan ishlar soha rivojiga xizmat qilayotir. Prezidentimizning 2022 yil 27 apreldagi «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida sohani raqamli transformasiya qilish, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish chora-tadbirlari belgilangan edi.

Mazkur farmon ijrosi doirasida hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tashkil etilgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazida Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash posti, «Call-markaz», Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasi faoliyat yuritmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bojxona qo‘mitasida bo‘lib, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlarda guvohi bo‘linganidek, Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash postida 116 nafar bojxona xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqoti cheklangan holda tovarlar masofaviy rasmiylashtirilmoqda. Ushbu bojxona postida respublika bo‘yicha rasmiylashtirilayotgan jami deklarasiyalarning 50 foizi (kuniga 3 mingtadan ortiq) qamrab olingan.

Bojxona qo‘mitasining eng so‘nggi zamonaviy shart-sharoitlar bilan ta’minlangan «Call» markazi esa bojxona organlarida murojaatlar bilan ishlash sifatini tubdan yaxshilab, bir kunda o‘rtacha 700-800 ga yaqin murojaatlarni kunu-tun qabul qilish va muammoli holatlarni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.

Bojxona qo‘mitasida tashkil etilgan muqobili yo‘q yana bir markaz – Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasida esa Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlarining bojxona xizmatlari bilan tunu-kun o‘zaro tezkor ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi faol hamkorlikning yangi namunasi bo‘lgan Markaziy bojxona laboratoriyasi bilan tanishildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati