Meksika Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:16
Meksika Ekvador bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qildi.

Bu haqda Meksika tashqi ishlar vazirligining «X» ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qilindi, deb yozadi «Report» TASS’ga tayanib.

Meksika tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsenaning ma’lum qilishicha, Ekvador polisiyasining diplomatik missiyaga hujumi oqibatida Meksikaning Ekvadordagi elchixonasining bir necha diplomati jarohatlangan.

«Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining qo‘pol ravishda buzilishi va Meksika diplomatik xodimlarining Ekvadorda jarohatlanganini hisobga olib, Meksika Ekvador bilan diplomatik munosabatlarni zudlik bilan to‘xtatishini e’lon qiladi», — deyiladi Meksika tashqi ishlar vazirligi bayonotida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati