Farg‘onada Xitoy investisiyalari asosida yangi loyihalar ishga tushadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:14
Farg‘ona viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikdagi ishlar, erishilgan kelishuvlar amaliy bosqichga o‘tib, loyihalarga start berilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning bir nechta kompaniya rahbarlari bilan uchrashuvda qisqa vaqt ichida bir nechta korxonalar ish boshlashini ma’lum qildi.

“Crown ceramic” kompaniyasi direktori Syan Chen Gan bilan uchrashuvda Xitoy kompaniyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri 40 million dollar investisiyasi hisobiga Quvasoy shahrida barpo etishga kirishilgan premium sifatdagi keramogranit plitalari ishlab chiqarish zavodi loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Ushbu loyiha viloyat hokimi boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegasiyasining joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Joriy yil mart oyi boshida qurilish ishlari boshlangan ushbu zavod yillik 10 million kvadrat metr yuqori sifatdagi va katta o‘lchamlardagi keramogranit plitalari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ichki bozor bilan birga MDH davlatlari hamda Sharqiy Yevropa mamlakatlariga eksportga yo‘naltiriladi. Joriy 2024 yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ushbu yirik zavodda 500 ga yaqin doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Viloyat hokimi Syan Chen Ganga “Crown ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasining viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi.

Qayd etib o‘tish lozimki, Xitoyning yana bir yirik kompaniyasi – “Jianhua Ceramics” tomonidan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investision loyiha ham amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaga xitoylik investorlarning 50 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiyasi yo‘naltirilgan. Qurilish ishlari o‘tgan yilning noyabr oyida boshlangan bo‘lib, hozirda jadallik bilan davom etmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Blue Carbon” kompaniyasi direktori Jao Jifenni qabul qildi.
Uchrashuvda “Blue Carbon” kompaniyasi investisiyalari hisobiga Quvasoy shahrida amalga oshirilayotgan quyosh panellari, yoritish chiroqlari va quvvatlovchi batareyalar ishlab chiqarish loyihasining borishi jarayonlari kun tartibidan joy oldi.
2023 yil sentyabr oyida kirishilgan loyihaga birinchi bosqichda 10 million dollar investisiya yo‘naltirilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda butlovchi qismlarni mahalliylashtirish doirasida yana 10 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoya kiritiladi. Iyun oyida korxonaning ishga tushishi natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, ikkinchi bosqichda esa ish o‘rinlari soni 400 tadan ortadi.
Xitoyning “Zhongke Shangsheng New Energy Vehicle” kompaniyasi rahbari Li Min boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida amalga oshirish rejalashtirilayotgan maxsus transport vositalari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, investision loyiha doirasida binolar va xonadonlar uchun innovasion tayyor holdagi devor, shift va yer qoplamalari ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati