Tesla yangi zavodlar uchun joylarni o‘rganishga Hindistonga xodimlarini yuboradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:12
Tesla elektromobillar ishlab chiqaradigan zavod uchun joy izlashga aprel oyida Hindistonga guruh yuboradi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Financial Times nashriga tayanib.

Kompaniya rahbariyati Nyu-Dehli mamlakatda uch yil ichida ularni ishlab chiqarish majburiyatini olgan kompaniyalar uchun import qilinadigan qimmat elektr transport vositalariga tariflarni pasaytirganidan keyin shunday qarorga kelgan. Tariflarni pasaytirish esa Tesla investisiya uchun old shart sifatida izlayotgan imtiyoz edi.

Loyihaning qiymati 2-3 milliard dollarga baholanmoqda.

Tesla bosh direktori Ilon Mask uzoq vaqtdan beri Hindiston bozoriga kirishga intilib kelgan, biroq avvalroq mahalliy hukumat tomonidan mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talabiga duch kelgan.

Ba’zi tahlilchilarning fikricha, Teslaning Hindiston bozoriga kirishi elektromobillar sektoriga sarmoya kiritishda katta turtki bo‘lishi va Hindistondagi avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilariga foyda keltirishi mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati