Anchelotti top-5 ligalarda murabbiy sifatida 900-o‘yinini o‘tkazdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 05:52
La Liganing 29-turidan o‘rin olgan “Real” – “Osasuna” uchrashuvi madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun Yevropaning yetakchi chempionatlaridagi 900-o‘yini bo‘ldi.

Ushbu o‘yin 4:2 hisobida "los-blankos"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Umuman olganda, 64 yoshli italiyalik mutaxassis milliy chempionatlarning yuqori divizionlarida murabbiy sifatida 900 o‘yin o‘tkazgan holda 541 marta g‘alaba qozongan, 202 bor durang o‘ynagan va 156 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Anchelotti "Parma"ni 68 o‘yinda boshqargan, keyin "Yuventus" (84), "Milan" (283), "Chelsi" (76), "PSJ" (57), "Bavariya" (40), "Napoli" (53), "Everton" (58) va "Real" (180) da faoliyat olib borgan. Shu bilan birga, murabbiy sifatida u Yevropaning beshta top-ligalarida (APL, Liga 1, Bundesliga, A Seriya va La Liga) g‘olib chiqdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati