1 ming 440 ta iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqlarga ulandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:10
Joriy yilning birinchi choragida 2 ming 411 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi.

Natijada 1 ming 440 ta iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi. Shuningdek, energetika ob’ektlariga tegishli 288 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari kelishilib, ulardan 192 ta ob’ektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining eslatmasiga ko‘ra, texnik shartlarsiz elektr ta’minotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlangan. Texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiydir.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati