Rossiya qo‘shinlari Xarkovga zarba berdi, 6 kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:04
Rossiya qo‘shinlari 6 aprelga o‘tar kechasi Ukrainaning Xarkov shahriga zarba berdi, oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Meduza shahar meri Igor Terexovga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, shaharga uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan hujum qilingan. Zarba turar-joy inshootiga to‘g‘ri kelgan. To‘qqizta ko‘p qavatli uy, uchta yotoqxona va boshqa binolar, AYOQSh va o‘nta avtomobil zarar ko‘rgan. 11 kishi yaralangani aytilmoqda.

Ukraina qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, tunda Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 32 ta zarbdor dron va oltita raketa uchirgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa uchta raketa va 28 ta dronni urib tushirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkovga hujum yuzasidan izoh berganicha yo‘q. Ammo tunda Belgorod viloyati osmonida RM-70 “Vampir” baravar o‘t ochish reaktiv tizimining o‘nta snaryadi urib tushirilganini ma’lum qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati