• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari va sovrindorlari aniqlandi

“Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari va sovrindorlari aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 12:02
Xabaringiz bor, joriy yilning 2-5 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida “Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada barcha hududlardan kelgan tizimda xizmat olib borayotgan harbiy hizmatchi va xizmatchilardan iborat 19 ta erkaklar va 17 ta ayollar terma jamoasi ishtirok etdi.

Musobaqada erkaklar terma jamoalari ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi, 100 metrga to‘siqlar osha yugirish, yong‘in o‘chirish avtomabili orqali jangovor yoyilish va maxsus kuch ishlatish mashqlari estafetasi (Kros-fit) yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun baxs olib borgan bo‘lsa, ayollar terma jamoalari ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 2-qavatiga ko‘tarilish, yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi hamda 100 metrga to‘siqlar osha yugirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Murosasiz va baxslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida erkaklar terma jamoalari o‘rtasida 3-o‘rin Andijon viloyati FVB, 2-o‘rin Buxoro viloyati FVBga nasib etgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Toshkent viloyati FVB terma jamoasi ko‘lga kiritib, respublika g‘olibi bo‘ldi. Ayollar terma jamoalari o‘rtasida 3-o‘rinni Navoiy Kon-metallurgiya kombinati Obektlarida yong‘in xavfsizligi ta’minlanishini tashkil etish boshqarmasi, 2-o‘rinni Toshkent viloyati FVB terma jamoalari egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘ringa Qashqadaryo viloyati FVB terma jamoasi sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar FVV rahbariyatining kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati