• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qo‘shrabot tumanida ijaraga berilgan bino-inshootni buzib, qurilish materiallarini sotgan MCHJ rahbari aniqlandi

Qo‘shrabot tumanida ijaraga berilgan bino-inshootni buzib, qurilish materiallarini sotgan MCHJ rahbari aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 11:56
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.G.” MCHJ rahbari D.B. tumandagi “Qo‘ralos” qishlog‘ida joylashgan Samarqand viloyat “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” balansida bo‘lgan bino-inshootni ijaraga olib, o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy bahosi 1,3 mlrd so‘mlik mulkni buzib, qurilish materiallarini sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati