• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Mudofaa vazirligi poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harbiy texnikalar harakatlanishidan ogohlantirdi

Mudofaa vazirligi poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harbiy texnikalar harakatlanishidan ogohlantirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 11:54
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, 6 aprel kuni Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘quvlar bo‘linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, o‘zaro uyg‘unlik harakatlarini muvofiqlashtirish hamda professional darajada harakatlanish ko‘nikmalarini baholash maqsadida tashkil etilgan. Taktik o‘quvlarda harbiy okrug qo‘shinlari bo‘linmalarining zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harakatlanishi rejalashtirilgan.

Kuni kecha O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston iyul oyida Qozog‘iston hududida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi to‘g‘risida xabar berilgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati