AQSh kelasi hafta konsullik hujumi bo‘yicha Erondan javob kutmoqda — CNN

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 11:46
AQSh kelasi hafta Suriyadagi konsullikka uyushtirilgan hujumga Eronning ehtimoliy javobini kutmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, CNN xabar berdi.

Ehtimoliy hujum Bayden va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasidagi asosiy muhokama mavzusiga aylangan edi.

Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Vashington Eron va Isroil o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanishi ehtimolidan xavotirda ekanini aytgandi.

Isroilning i24News telekanali mamlakat Eronning Suriyadagi konsulligiga havo hujumi uyushtirganidan keyin Erondan ehtimoliy hujumlarga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan.

4 aprel kuni Eron rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘zining X sahifasida ibroniy tilida post yozib, Isroilni konsullik bo‘limiga havo hujumi uyushtirgani uchun tavba qilishga majburlashini ma’lum qilgan.

Eronning Damashqdagi elchixonasida 13 kishi, jumladan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ikki generali halok bo‘lgan. Shuningdek, yetti nafar harbiy maslahatchi — generallar Muhammad Rizo Zohidiy va Muhammad Hodi Hoji Rahimiy hamda besh ofiserning o‘limi haqida xabar qilingan edi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati