Rossiya imperiyasining milliy bayrog‘i Moldovada ekstremistik deb e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 11:36

Bunday qaror Kishinyov sudi tomonidan mamlakat Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi hamda Moldova Axborot va xavfsizlik xizmati so‘rovini qanoatlantirgan holda qabul qilingan, deya xabar beradi mahalliy OAV.

U rus imperialistlari tomonidan ham keng targ‘ibot qilinadi. Masalan, aynan shu bayroq 2014 yilda Donbassdagi rossiyaparast ayirmachilarning ramzlaridan biri bo‘lgan.

Avvalroq Moldova parlamenti respublika hududida Rossiya Federasiyasining Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ramzlarni – "V" va "Z" harflarini, shuningdek, Georgiy lentasini taqiqlash uchun ovoz bergan edi. Bunday ramzlarni aks ettirish uchun mamlakat Jinoyat kodeksida 9 ming ley (taxminan 470 yevro)gacha jarima va 30 dan 60 soatgacha jamoat ishlari ko‘zda tutilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati