Mulch effekti: Tuproqni nam saqlashning foydali usuli

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 11:16
Sog‘lom mulch tuproqning yomg‘ir suvidan namlikni yaxshiroq qabul qilishiga yordam beradi, bug‘lanish tezligini sekinlashtiradi va tuproq haroratini pasaytiradi. Mulch tuproqning bir tekis nam bo‘lishiga ham yordam beradi, bu ba’zi sabzavotlarda gulning chirishi kabi muammolarni oldini olish uchun muhimdir. Bundan tashqari, mulch bog‘ni eroziya, kuchli ob-havo va begona o‘tlardan himoya qiladi.

Qanday qo‘llash mumkin?

Mulchdan foydanalishdan avval yer yaxshilab begona o‘tlardan tozalanishi kerak. Mazkur amaliyot asosan bahor va kuzda oylarida qo‘llaniladi. Mulch qatlami va o‘simlik ildizi o‘rtasida o‘rtacha 12 sm joy bo‘lishi kerak. Daraxtlar atrofida mulch qo‘llash uchun, uning pastki qismida biroz bo‘sh joy qoldirish zarur, aks holda ushlab qolingan namlik kasallikka olib kelishi mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati