Taxtako‘pirda ishlab chiqarilayotgan osh tuzi Germaniyaga eksport qilinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 11:12
Taxtako‘pir Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida joylashgan eng chekka tumanlardan biri. Bu yer aholisi shu paytgacha chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Bugungi kunda tumanda tadbirkorlik va ishlab chiqarish ham rivojlanyapti.

2020 yilda faoliyatini boshlagan «Good Salt Production» mas’uliyati cheklangan jamiyati osh tuzi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

— Hozirgi kunda korxonamizda 25 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda, — deydi «Good Salt Production» rahbarining o‘rinbosari Seregul Yershayeva. — Uch turdagi yodlangan osh tuzi ishlab chiqarayammiz. 2022 yilda Germaniyaning «Monolith Mitte GmbH» kompaniyasi bilan bir million yevrolik shartnoma imzolangandi. Hozirgi kunga qadar 131 ming AQSh dollarlik mahsulot eksport qilindi. Korxonamizning yillik quvvati 10 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Dastgohlarni yangilash va ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi paytda Taxtako‘pirda dehqon va fermer xo‘jaliklarini hisobga olmaganda jami 567 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko‘rsatmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati