Postekoglu Tottenxem bilan sovrinlarni yutish haqidagi savolga javob berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 09:24
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoa boshidagi maqsadlari haqida gapirdi. “Shporlar” avstraliyalik mutaxassis boshchiligidagi birinchi mavsumda sovrin yuta olmaydi: londonliklar Liga kubogi va Angliya kubogida muvaffaqiyat qozona olishmadi va Premer-ligada beshinchi o‘rinda, peshqadam “Liverpul”dan 13 ochko ortda qolmoqda.

“Taraqqiyot shunchaki cheksiz yo‘l emas, taraqqiyotdan maqsad muvaffaqiyatga erishishdir. Bu qachon sodir bo‘ladi? Men bu mavsumda umid qilgandim, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik, shuning uchun keyingi mavsumda bunga erishish rejamiz. Shu bilan birga, taraqqiyot xaotik bo‘lishi mumkinligini tushunishingiz kerak.

Men aytayotgan taraqqiyot muvaffaqiyatga olib keladi. Agar bu ish bermasa, keyingi yil siz menga emas, boshqa yigitga savol berasiz", dedi Postekoglu yakshanba kungi “Nottingem Forest” bilan o‘yin oldidan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati