Sarguzashtparast — Santu

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 08:26
Professional futboldagi faoliyatini «Vitoriya» klubida boshlagan Nunu 1996 yilga shu jamoada to‘p surib, keyin Ispaniyaning «Deportivo» klubiga yo‘l oldi.

Yangi jamoadagi 6 mavsumning yarmini u La-Karunyada o‘tkazdi. Keyingi 3 mavsumning 2tasida «Merida» tarkibida, so‘nggisida «Osasuna» safida ijara shartnomasi asosida to‘p surdi. Shundan keyin darvozabon Portugaliyaga qaytib, «Portu» klubi safidan joy oldi va Vitor Bayyaning ishonchli o‘rinbosariga aylandi. Jumladan, Nunu 2004 yilda bo‘lib o‘tgan qit’alararo Kubok turniri doirasidagi «Onse Kaldas» klubiga qarshi bellashuvning over-taymida zaxiradan maydonga tushib, penaltilar seriyasida «Portu»ning g‘alabasini ta’minladi. 

Qisqacha ma’lumot:

Nunu Erlander Simoynsh Eshpiritu Santu - portugaliyalik sobiq futbolchi va murabbiy. Ixtisosi - darvozabon. 5 martadan Portugaliya chempioni unvoni va Portugaliya Kuboklariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, «Portu» tarkibida YECHK turnirida g‘olib chiqqan.

Futbolchilik faoliyati

2005 yilda darvozabonni «Dinamo»ga sotib yuborishdi. Nunu bu jamoada 12 marta maydonga tushdi, 3ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, omadsiz mavsumdan keyin yana Portugaliyaga yo‘l oldi va bu safar «Avesh» klubida to‘p sura boshladi. Jamoa oliy divizionni tark etgach, qadrdon «Portu»ga qayt­di.
Terma jamoadagi faoliyati
Yevro-2008 turniri arafasida Portugaliya yoshlar terma jamoasida o‘ynayotgan Nunu asosiy jamoadan chorlov oldi. Sababi, terma jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lgan «Benfika» posboni jarohat olgani tufayli, turnirda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgandi. Biroq shunda ham Nunuga milliy jamoa darvozasini qo‘riqlash nasib etmadi.
Murabbiylik faoliyati
2012 yil, may. Portugaliyaning «Riu Ave» klubi muammolar girdobida. Klub rahbariyati Karlush Britu bilan shartnomani bekor qildi. Sabab - jamoaning qoniqarsiz natijalari. Ayni shu pallada Nunu Eshpiritu Santu uning o‘rnini egalladi. O‘zining ikkinchi mavsumida yangi bosh murabbiy jamoani Portugaliya Kubogi turnirida finalga olib chiqdi. Mazkur murosasiz uchrashuvda Santu shogirdlari minimal hisobda «Benfika»ga imkoniyatni boy berishdi. Keyin Liga Kubogining finalida ham lissabonliklar klubidan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi. Mavsumni 11-o‘rinda yakunlagan «Riu Ave» o‘z tarixida birinchi marta YELning 3-saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 2013/14 yillar mavsumidan keyin jamoani tark etdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati