Turkiya Yevropa qurolli kuchlari to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini ma’lum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 08:02
Turkiya hukumati mamlakatning Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Turkiya rasmiylari ushbu bayonotni 5 mart kuni e’lon qilgan. Ushbu qarorga kelishga asos bo‘ladigan bir qancha jiddiy sabablar borligi ma’lum qilingan.

“Prezidentning 9-sonli farmoni 3-moddasiga asosan 2024 yil 8 apreldan boshlab Turkiya Respublikasi bilan Shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatlar o‘rtasidagi shartnomaning bajarilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Evropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma 1990 yil 19 noyabrda Parijda imzolangan. Uning asosiy maqsadi kutilmagan qurolli hujum va Yevropada yirik hujum operasiyalarini boshlash ehtimolini kamaytirishdan iborat bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati