Luish Figu: «Real»ga baxt izlab o‘tgan edim...»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 07:36
Afsonaviy Luish Figuning tarixi ko‘pchilikka ma’lum - portugaliyalik yulduz eng yuqori sport formasiga chiqqan pallada «Barselona»dan «Real»ga o‘tgan va butun Kataloniya nafratiga uchragan edi.

Luish yaqinda Marca nashriga eks-klyuziv intervyu berdi va unda o‘tmish voqealarini esga oldi. Ham «Barselona», ham «Real»da o‘ynagan tarixdagi kam sonli futbolchilardan biri shuningdek, bugungi «Madrid» holati, yana Kilian Mbappe transferiga to‘xtaldi. Suhbat esa uning kundalik hayoti haqida boshlandi.

- Bugun Luish Figuning odatiy bir kuni qanday o‘tadi?

- Tan olaman, oldingidek futbol masalasida uncha faol emasman. Ha, «Madrid» yoki UYEFAdagi ishim bilan qayerlargadir safar uyushtirishim mumkin. Qolgan vaqt asosan homiylar bilan uchrashaman yoki shaxsiy biznes loyiham ustida ishlayman. Madridda bo‘lsam, oilamga ham ma’lum vaqt ajrataman, albatta.

- Umuman, sport bilan shug‘ullanib turibsizmi?

- Ha. Faqat aynan futbolga yetarlicha vaqt ajratish imkoni yo‘q. Agar biror shou yoki xayriya o‘yiniga taklif etishsa, borishga urinaman, lekin maydonda ko‘p o‘ynamayman. Aslida o‘ynashga tashnaman hamon, biroq xayriya o‘yinlarida jarohatlanish xavfi katta. 
- Professional faoliyatdan so‘ng ham oldingi jarohatlardan aziyat chekayotgandeksiz...
- Yo‘q, xayriyatki, hech qanday asorat sezilmayapti. Futbolda ko‘pincha   mushaklar bilan bog‘liq jarohatlar orttirardim. Ha, to‘pig‘im ham lat yegan, bir safar jarrohlik amaliyo­tiga ehtiyoj sezganman. Muhimi, hozir bemalol yugura olaman va binoyidek o‘ynashim ham mumkin.
- Futbolchilik faoliyatingizdagidek yuqori raqobatni birinchi o‘ringa qo‘ysangiz kerak, umuman, hamon qiziqqonmisiz yoki...?
- Ha, oldin qanday bo‘lsam, hozir ham shundayman. Nafaqat sport, balki boshqa ishlar masalasida ham. Axir raqobatsiz o‘sish bo‘lmaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati