• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Fransuz siyosatchisi: Tezroq bu tuzoqdan xalos bo‘laylik, NATOdan chiqib, tinchlik o‘rnatamiz!

Fransuz siyosatchisi: Tezroq bu tuzoqdan xalos bo‘laylik, NATOdan chiqib, tinchlik o‘rnatamiz!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 06:50
Fransiya NATOni imkon qadar tezroq tark etishi kerak, bu tashkilotda qolish juda xavfli bo‘lib bormoqda. Bunday fikrni X ijtimoiy tarmog‘ida Fransiya vatanparvarlari partiyasi yetakchisi Florian Filippo bildirdi.

U AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lish ehtimoli haqidagi so‘zlariga shunday javob berdi.

“Amerikaning aqldan ozgan va o‘ta xavfli bayonoti! Tezroq bu tuzoqdan xalos bo‘laylik, NATOdan chiqib, tinchlik o‘rnatamiz!” — deb yozgan Florian Filippo.

Siyosatchining fikricha, AQSh harakatlari dunyoni uchinchi jahon urushiga yaqinlashtirmoqda, uning birinchi qurbonlari Yevropa davlatlari, jumladan, Fransiya bo‘ladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati