Iste’molchining xonadoni elektr tarmog‘idan uzilayotganda u bundan xabardor qilinishi kerak

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 06:48
Kundalik turmushda iste’molchining xonadoni elektr energiyasi ta’minotidan ogohlantirishsiz uzib qo‘yilishi holatlari uchrab turadi. Bunga chek qo‘yish uchun qonunchilik takomillashtirilmoqda.

Iste’mol qilingan energiya resurslari uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talablar bildirilganda sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaning, penya hisoblanishi va iste’molchini tarmoqdan uzish haqida ogohlantirish ko‘rsatilgan, qarzni to‘lash to‘g‘risidagi talabning hamda uning iste’molchiga yuborilganini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi berilishi talabi belgilanmoqda.

Shu maqsadda «Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun bilan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunga hamda Fuqarolik prosessual kodeksiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisida mazkur qonun ko‘rib chiqildi. Qonun bilan, shuningdek, iste’molchiga tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxalari berilishi bilan bog‘liq norma ham kiritilmoqda.

Senatorlarning fikricha, qonunchilikka kiritilayotgan yangi normalar iste’molchi manfaatlarini ta’minlashga, iste’mol qilingan yoqilg‘i-energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini majburiy ijro etish tizimi takomillashtirilishiga xizmat qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati