• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Tennis. Hamyurtimiz mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqa finaliga chiqdi

Tennis. Hamyurtimiz mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqa finaliga chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 06:40
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o‘z imkoniyatini sinab ko‘ryapti. Yakkalikning ikkinchi davrasida rossiyalik Maksim Jukovga 4:6, 4:6 yutqazib qo‘ygan hamyurtimiz endi bor e’tiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratgan.

Rossiyalik Pavel Verbin bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Fomin 87 daqiqa davom etgan 1/2 final uchrashuvida turkiyalik tennischilar Umut Akkoyun hamda Mert Turker hamkorligini 7/6(6), 6/4 hisobida taslim etdi. Har ikkala juftlik ham 3 tadan qo‘shxatoga yo‘l qo‘ygan. Eys zarbalar mezbon tennischilarda ko‘proq bo‘ldi - 3 ga 1.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati