Gvardiola Fodenni APLning joriy mavsumida eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishga da’vogar sifatida ko‘rmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 06:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "shaharliklar"ning hujumkor futbolchisi Filipp Fodenning Angliya chempionatining joriy mavsumida ko‘rsatgan yuqori o‘yinini qayd etdi.

"O‘ylashimcha, Foden Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisi sovriniga jiddiy da’vogar bo‘lishi mumkin.

Ko‘pchilik, ko‘plab futbolchilar mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Lekin o‘ylaymanki, u albatta da’vogarga aylana oladi – ko‘p sonli samarali harakatlari, izchilligi va o‘yinining saviyasi tufayli”, — deya Gvardiola so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Foden barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati