Gvardiol Manchester Sitidagi ilk mavsumi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 06:22
"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol Angliyaga ko‘chib o‘tgandan keyin birinchi mavsumi qanday o‘tayotgani haqida gapirdi.

Xorvatiyalik futbolchi o‘tgan yozda "shaharliklar" safiga "RB Leypsig"dan 90 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi Pep Gvardiola jamoasida 31 o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

“Biz har kuni yangi narsalarni o‘rganamiz. Shuning uchun men bu yerga – rivojlanish va sovrinlar yutish uchun keldim. Har bir o‘yin yangi yakun, yangi jang. Siz tayyor bo‘lishingiz kerak.

Bu mavsum men uchun juda muhim, men yangi vazifalarni bajarishni yaxshi ko‘raman. Albatta, talablarga moslashish, jamoadoshlarimni yaxshiroq tushunish uchun vaqt kerak. Asosan raqib yarim maydonida harakat qilish men uchun yangilikdir", - deya Gvardiolning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati