Lautaro Interdan qancha maosh so‘rayotgani aniq bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 06:18
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Neradzurrilar" sardori hali taklif qilingan shartnomani imzolagani yo‘q, ammo Sky Sports xabariga ko‘ra, so‘nggi muzokaralar tomonlarni muvaffaqiyatli kelishuvga yaqinlashtirdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi shartnomani uzaytirmoqchi. “Inter” 26 yoshli hujumchiga yiliga 8 million yevro maosh taklif qilmoqda, argentinalik esa 10 million yevro atrofida maosh olmoqchi, ammo tomonlar murosaga kelishi kutilmoqda.

Lautaro Martines joriy mavsumda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati