• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkentda gashish, opiy, marixuana kabi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkentda gashish, opiy, marixuana kabi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 05:18
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda ko‘p bosqichli tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida 1,1 kg.ga yaqin gashish, opiy, marixuana kabi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Dastlab poytaxtimizning Yashnobod tumanida avvaldan tezkor kuzatuvga olingan shaxslardan birining xonadoni belgilangan tartibga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Xonadon yerto‘lasida temir idishlardan birida sof vazni 38.22 gr. opiy hamda 27,4 gr. gashish giyohvandlik vositasi hamda 1 dona elektron tarozi borligi aniqlandi.

Shu kunning o‘zida tezkor tadbir Yashnobod tumanining boshqa bir manzilida davom ettirildi va tezkor kuzatuvga olingan yana bir shaxs to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada uning yonidan 30 gr.dan ziyod gashish, opiy, marixuana giyohvandlik vositalari topildi.

Shundan so‘ng, ushbu shaxs istiqomat qilayotgan xonadon ko‘zdan kechirilganida, bu yerda taxminiy og‘irligi 490,4 gr. gashish, 64,57 gr. opiy, 128,42 gr. marixuana giyohvandlik vositalari, 2 tup parvarishlangan holda o‘stirilayotgan kannabis o‘simligi, ushbu o‘simlikning urug‘i, elektron tarozi, pnevmatik qurol shuningdek, 900 AQSh dollari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Tezkor-qidiruv tadbirining so‘nggi bosqichi poytaxtimizning Sergeli tumanida davom ettirilib, shubha ostiga olingan shaxslardan birining yonidan hamda u istiqomat qilayotgan xonadondan jami 290 gr. og‘irlikdagi gashish va marixuana giyohvandlik vositasi daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi. Ushbu xonadonda ham elektron tarozi, kannabis o‘simligi urug‘lari borligi aniqlandi.
Shunday qilib, poytaxt bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘p bosqichli mazkur tezkor tadbirlar yakunida qonunbuzarlardan jami 787 gr. gashish, 174 gr.ga yaqin marixuana hamda 122 gr.dan ziyod opiy giyohvandlik vositalari olib qo‘yildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati