Toshkentda mozaikali binolardan reklama bannerlari olib tashlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 05:16
Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Mirobod ko‘chasida joylashgan binoda demontaj ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxt va boshqa viloyatlardagi binolarga ishlangan 160 ga yaqin mozaikali kompozisiyalar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Hali milliy ro‘yxatga kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida mosaic@acdf.uz elektron pochta manziliga xabar berish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozisiyalari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga kiritiladi.

Bu ro‘yxatga kiritilgan ob’ektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozisiyalari belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritiladi. Ro‘yxatga kiritilgan ob’ektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylarning kadastr hujjatiga ushbu ob’ektlar madaniy qiymatiga egaligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati