«Sportchilar bog‘i»dagi ko‘chatlar soni 10 ming 500 tadan oshdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 05:14
Mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini ulug‘lab kelayotgan jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari yurtimizda ommaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi «Ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi»da faol ishtirok etib kelmoqda.

Bu yil ham mazkur harakat sport jamoalari tomonidan uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Birgina o‘tgan yili Bo‘stonliq tumanida yaratilgan «Sportchilar bog‘i» hududida tashkil etilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi bu galgi ko‘chat ekish tadbirida Sport vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, turli sport federasiyalarining mutaxassislari, taniqli sportchi va murabbiylar qatnashib, 500 tup daraxt ko‘chatlarini ekdi.

– Yurtimizni yashillikka burkash tashabbusining xalqimiz orasida ommaviy harakatga aylanayotgani xayrli bo‘ldi. O‘tgan yili «Sportchilar bog‘i» hududining tashkil etilgani, bu maskan kundan kunga chiroy ochayotgani ko‘nglimizni tog‘dek yuksaltirmoqda. Nasib etsa, "Toshkent-2025" Osiyo o‘yinlariga qadar ushbu bog‘ yanada ko‘rimli joyga aylanadi. Asosiysi, dunyoda birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda «Sportchilar bog‘i» barpo etilgani o‘ziga xos xayrli voqea bo‘ldi, – deydi Sport vazirligi mutaxassisi Berunshox Umurov.

Eslatib o‘tamiz, «Sportchilar bog‘i»dagi umumiy ko‘chatlar soni bugunga kelib 10 ming 500 tadan ortdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati