Atletiko Turindan markaziy himoyachi sotib olishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 04:38
"Torino" markaziy himoyachisi Alessandro Buondjornoga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Milan" 24 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar sanaladi va A Seriyaning yana bir top klubi "Inter" ham uni diqqat bilan kuzatib bormoqda. DAZN xabariga ko‘ra, "Atletiko" Buonjorno uchun milanliklar bilan raqobatlashishga tayyor. "Matraschilar" jamoasining bosh murabbiyi Diyego Simeone italiyalik futbolchini bozordagi ustuvor variant deb hisoblaydi.

Alessandro Buonjorno ushbu mavsumda "Torino" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, markaziy himoyachi Italiya terma jamoasida uchta o‘yin o‘tkazdi, jumladan, mart oyida Venesuela bilan o‘rtoqlik uchrashuvi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati