Vinisius 2022 yildan buyon ilk bor bu ishni uddaladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 05:22
Vinisius Junior “Real” safida qatorasiga to‘rtta o‘yinda gol urdi.

23 yoshli hujumchi La Liganing 29-turidan o‘rin olgan “Osasuna” – “Real” uchrashuvida (2:4) dubl qayd etdi.

Vinisius 2022 yil sentyabr oyidan beri birinchi marta ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol urdi. O‘shanda seriya beshta o‘yindan iborat bo‘lgandi.

Bu davrda braziliyalik futbolchi “Valensiya” (2:2) bilan o‘yinda ham dubl qayd etdi va “Leypsig” (1:1) va “Selta” (4:0) darvozasiga bittadan gol kiritdi.

Umuman olganda, Vinisius joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati