Yaqinda 38 ga to‘ladigan Muslera Galatasaroy bilan yangi shartnoma imzolaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 04:12
"Galatasaroy" darvozaboni Fernando Muslera klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

Urugvaylik futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, biroq turk grandi faxriyni saqlab qolishni istamoqda. Mashhur jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, 37 yoshli darvozabon bilan mehnat shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirishga bir qadam qolgan.

Fernando Muslera 2011 yilda "Lasio"dan "Galatasaroy"ga kelib qo‘shilganidan beri 500 ta o‘yinda maydonga tushdi. Iyun oyida Istanbul jamoasi sardori 38 yoshga to‘ladi.

Joriy mavsumda Muslera “Galatasaroy” safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol o‘tkazib yuborgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati