Napoli Dzanyoloni A Seriyaga qaytarmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 04:04
"Napoli" Nikolo Dzanyoloni sotib olishi mumkin.

Qayd etilishicha, yarim himoyachiga klub bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilayotgan yangi sport direktori Jovanni Manna qiziqish bildirmoqda.

Yozda klubga yangi xodimlar va futbolchilar kelishi rejalashtirilgan. Transfer maqsadlaridan biri Nikolo Dzanyolo bo‘lishi mumkin. "Roma"ning sobiq yarim himoyachisi hozirda ijara asosida "Aston Villa"da o‘ynamoqda. Agar klub uni mavsum oxirida qaytarib sotib olmasa, u "Galatasaroy"ga qaytishiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi yana Italiyada o‘ynashni xohlaydi. 24 yoshli futbolchi “Yuventus”dagi faoliyatidan beri Mannaning radarida. "Fiorentina" ham o‘tmishda Dzanyoloni qo‘lga kiritishga harakat qilgan.

Joriy mavsumda italiyalik futbolchi APLda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati