Ronaldu 5 ta o‘yinda ilk bor maydonni golsiz tark etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 03:58
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safida beshta o‘yinda ilk bor gol ura olmadi.

Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi o‘yinda “An-Nasr” “Damak”ni mag‘lub etdi (1:0). Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada Emerik Laport g‘alaba golini kiritdi.

Jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu o‘yinda samarali harakat qilmadi. Portugaliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Shu tariqa, Ronaldu ketma-ket to‘rtta o‘yindan keyin “An-Nasr” safida foydali harakat amalga oshirmadi.

Forvard joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatining 25ta o‘yinida 29ta gol urdi va 10ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati