Fati Barselona rejalaridan tashqarida

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 00:44
Joriy mavsumda "Brayton"da ijara asosida o‘ynayotgan "Barselona" vingeri Ansumane Fati Kataloniya klubining keyingi mavsumdagi rejalariga kirmaydi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati futbolchini kelasi mavsumda jamoada qoldirmaslikka qaror qilgan.

Shuningdek, ispan klubi rahbariyati futbolchi joriy mavsum ijara asosida to‘p tepayotgan "Brayton" ijara shartnomasini uzaytirmoqchi emasligini bilishi ham xabar qilingan.

Fati va futbolchining atrofidagilar ijaradan so‘ng futbolchi "Barselona"ga qaytishini rejalashtirishgan. Klub futbolchini sotishga tayyor, biroq transfer bozorida futbolchiga bo‘lgan talab minimal bo‘lishini tushunadi.

21 yoshli ispaniyalik vinger uchun faoliyatini davom ettirishning asosiy varianti - La Liga klubiga ijaraga berish. Ammo futbolchini ijaraga olmoqchi bo‘lgan hech bir klub Fatining maoshini to‘liq to‘lashga tayyor emas. "Barselona" bu summani qisman qoplashi kerak bo‘ladi.

Fatining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda Fati “Brayton” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati