Nani Garnachoni o‘ziga o‘xshatdi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-04-2024, 00:34
Nanining ta’kidlashicha, Garnacho unga o‘zini eslatadi.
"Garnacho o‘zimni eslatadi. U hatto men o‘ynagan raqam 17 da harakat qiladi. Raqamni o‘zgartirgandan so‘ng gol ura boshlagani unga yaxshi. Alexandro hujum qilishdan, paslar berishdan, fintlar qilishdan qo‘rqmaydi. U fantastik futbolchiga aylana oladigan yaxshi futbolchi. Uning o‘yini Ronaldunikidan ko‘ra menikiga o‘xshaydi", - deya Nani so‘zlarini keltiradi Goal.com.
Garnacho Krishtianu Ronalduning muxlisi sifatida tanilgan va ko‘p gollarini portugaliyalik forvard uslubida nishonlaydi.