Nani Garnachoni o‘ziga o‘xshatdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 00:34
Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Luish Nani “qizil iblislar” vingeri Alexandro Garnacho haqida fikr bildirdi.

Nanining ta’kidlashicha, Garnacho unga o‘zini eslatadi.

"Garnacho o‘zimni eslatadi. U hatto men o‘ynagan raqam 17 da harakat qiladi. Raqamni o‘zgartirgandan so‘ng gol ura boshlagani unga yaxshi. Alexandro hujum qilishdan, paslar berishdan, fintlar qilishdan qo‘rqmaydi. U fantastik futbolchiga aylana oladigan yaxshi futbolchi. Uning o‘yini Ronaldunikidan ko‘ra menikiga o‘xshaydi", - deya Nani so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Garnacho Krishtianu Ronalduning muxlisi sifatida tanilgan va ko‘p gollarini portugaliyalik forvard uslubida nishonlaydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati