Qashqadaryodagi maktabda bolalar tomonidan kaltaklangan bola sog‘ayib ketmaganligi aytildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 23:56

Ijtimoiy tarmoqlarda «Maktabda bolalar tomonidan kaltaklangan o‘g‘lim sog‘ayib ketmadi» nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Mazkur murojaat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishdan avval ham Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida Qarshi tumanidagi 55-maktab faoliyati o‘rganilgan.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan holat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘rganilib, qonuniy to‘xtamga kelingan.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘ining 2024 yil 19 martdagi tegishli buyrug‘i bilan Qarshi tumanidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori M.P bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasi 2-qismiga asosan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

❗️Hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati