Ukrainaning oltita viloyatida elektr energiyasini o‘chirish joriy qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 23:54

«Ukrenergo» kompaniyasi Ukrainaning olti viloyatida elektr energiyasini o‘chirishni joriy qildi. Bunday choralar Rossiya armiyasining energetika ob’ektlariga so‘nggi ommaviy hujumlari tufayli qabul qilindi. Bu haqda kompaniyaning telegram-kanalida xabar berildi.

«Ukrenergo» har kuni soat 18:20 dan 22:00 gacha Dnepropetrovsk, Donesk, Zaporojye, Kirovograd, Poltava va Sumi viloyatlarida elektr energiyasi o‘chiriladi, deb xabar berdi. Kompaniya, shuningdek, Xarkov viloyati aholisi va Krivoy Rogdagi korxonalar uchun energiya ta’minoti cheklovlari qo‘llanilishini ma’lum qiladi.

????So‘nggi bir necha hafta ichida Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga bir qator yirik hujumlarni amalga oshirdi. Xabar qilinishicha, 22 martga o‘tar kechasi hujumlar natijasida Ukrainaning yirik energetika kompaniyasi DTEK ishlab chiqarish quvvatining yarmiga yaqinini yo‘qotgan. Raketa hujumi paytida urilgan eng katta ob’ekt Zaporojyedagi Dnepr gidroelektr stansiyasi bo‘ldi.

????25 martga o‘tar kechasi Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Ukraina janubidagi ikkita podstansiyaga zarba berdi, natijada Odessa va Odessa viloyatidagi ayrim iste’molchilar elektr energiyasiz qoldi.

????Rossiya qo‘shinlarining 29 martga o‘tar kechasi uyushtirgan hujumidan so‘ng Ukraina g‘arbi va markazidagi elektr stansiyalari zarar ko‘rdi.
????Mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal keyinroq mamlakatning oltita viloyati - Dnepropetrovsk, Vinnitsa, Ivano-Frankivsk, Lvov, Cherkasi va Chernovtsidagi energetika infratuzilmasi shikastlanganiga aniqlik kiritdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati