Kurtua qachon mashg‘ulotlarga qaytishini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 23:34
"Real Madrid"ning belgiyalik 31 yoshli darvozaboni Tibo Kurtua 19 mart kuni jamoa mashg‘ulotlarida jarohat oldi. Unga o‘ng tizzasidagi medial menisk yirtilgani tashxisi qo‘yilgan.

Belgiyalik posbon meniskus operasiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Darvozabon joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi va yozga yaqinroq "Los Blankos" bilan mashg‘ulotlarni boshlashi kutilgandi.

Biroq, Tibo Di Marsio bilan suhbatda uning tiklanish jarayoni bir necha barobar tezroq ekanligini aytdi:

"Oy oxirida yana guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazaman" - dedi Kurtua.

Tibo 2023/24 yilgi mavsum boshidan beri "Real"da o‘ynamadi. Kurtua chap tizzasidagi oldingi xoch bog‘lami yirtilganidan tuzalib ketayotgan edi. Agar 19 mart kuni yangi jarohat olmaganida, u yaqin orada "Qirollik klubi"ga qaytishi kerak edi.

Endilikda Ispaniya poytaxti klubining asosiy darvozaboni ukrainalik Andrey Lunin hisoblanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati