Jamshid Saidov: Birgina xato qimmatga tushdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 23:28
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” - “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birgina xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. Umumiy aytganda o‘yinimiz yomon chiqmayotgandi. Oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga raxmat aytaman. Shuningdek, uzoq yo‘l bosib kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga ham raxmat.

- Dastlabki turlarni yaxshi boshlagandingiz. Keyin jamoa natijalarida pasayish kuzatilmoqda. Buni qanday izoxlaysiz?

- Natijalarimizni yomon deb bo‘lmaydi. Safar o‘yinida yutqazib qo‘ydik. Umumiy o‘yin bo‘yicha hech bir raqibdan kuchsiz o‘yin ko‘rsatmayapmiz.

- Vaziyatlarni yakunlashda muammo bordek ko‘rindi...

- Bo‘lishi mumkin. Lekin bugungi o‘yinda gol ura olmaganimizga sabab "So‘g‘diyona" yaxshi himoyalandi. Umumiy o‘yin kartinasida biz ko‘proq ustunlikka ega bo‘ldik. Bitta xato qimmatga tushdi. Navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlikka kirishamiz" - dedi Jamshid Saidov.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati