Ten Xag: Keyingi mavsumda ham MYUda qolishimga ishonaman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 23:24
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xag keyingi mavsumda ham o‘z lavozimida qolishiga ishonch bildirdi.

Bir kun oldin Ten Xag o‘z xo‘jayini ser Jim Retkliff qarshisida "Chelsi"da 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, "qizil iblislar"ning Chempionlar ligasiga yo‘llan olish imkoniyatini yomonlashtirdi.

"Hech qanday shubham yo‘q. Men bor e’tiborimni o‘z ishimga, jarayonga, ushbu loyihaga qaratganman. Men bu yerda bo‘lishni chindan ham yaxshi ko‘raman, men bundan zavq olaman. Bu men uchun sinov.

Bu har doim ham to‘g‘ri yo‘lga chiqavermaydi va natijalar har doim ham biz xohlagandek bo‘lavermaydi, lekin men to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizga aminman va biz xohlagan joyga erishamiz" - dedi Ten Xag Sky Sports bilan suhbatda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati