Abdusalom Azizov O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 23:20
Bir necha kunlardan so‘ng Qatar maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslari start oladi. o‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida Malayziya, Quvayt va Vyetnam jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov ushbu muhim turnir oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Futbolimiz rahbari yoshlarimiz oldida turgan ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirar ekan, musobaqada jamoamizga shaxsan Prezidentimiz ham katta qiziqish bilan muxlislik qilayotganini aytib o‘tdi. O‘zbek futboli tarixida ilk bora Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, butun xalqimizga bayram va xursandchilik taqdim etish imkoniyati mavjudligi, bu borada jamoaning potensiali yetarli ekanligi aytildi. Eng muhimi — jamoada g‘alaba ruhi borligi hamda jangovar tarkib yig‘ilgani qayd etildi.

Jamoa birdam bo‘lib, intizomli o‘yin ko‘rsatgan holda yurt obro‘sini munosib himoya qilishi kerakligini ta’kidlandi.

O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o‘tishdi. Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminizasiyalash jarayoni borasida ma’lumotlar eshittirildi. O‘FA Prezidenti futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotini davom ettirishga ko‘rsatma berdi.

Uchrashuv yakunida Abdusalom Abdumavlonovich mas’uliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati