Anvar G‘ofurov: Bugun har ikkala jamoaga ham ochko kerak edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 23:04
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" ustozi Anvar G‘ofurov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun har ikkala jamoaga ham ochko kerak edi. O‘z-o‘zidan tomonlar shunga harakat qildi. Bizda ham raqibda ham darvozani ishg‘ol qilish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Afsuski, bizga hujumda sovuqqonlik yetishmayapti. Mashg‘ulotlarda bu kamchiliklar ustida ishlayapmiz, alohida vaqt ajratyapmiz. Tarkibimizda tajribali futbolchilar bor. Lekin raqobatni oshirish uchun yanada kuchliroq o‘yinchilarni jalb qilishni o‘ylaganmiz. Zero, raqobat bor joyda albatta o‘sish bo‘ladi.

Hech kim atayin qizil kartochka olay deb maydonga tushmaydi, bunisi aniq. Tohir o‘yinimizni kuchaytiradi deb umid qilgandik, ammo... Futbolchi qandaydir soniyalar ichida diqqatni yo‘qotishi qizil kartochkaga sabab bo‘ladi. Bu futbolning bir qismi. "Andijon"dagi uchrashuvdan so‘ng Usmonali ham ancha siqildi. Asosiysi, bizda kartochkalar atayin ishlatilgan qo‘polliklar uchun emas. Qolganini yigitlarga tushuntirishda davom etamiz.

Farhod o‘z potensialini to‘liq namoyish qila olmayapti. Olmaliqdagi uchrashuvda zaxiraga oldim, mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatdi, bugun yana tarkibga qo‘ydim. Biroq o‘zini to‘liq ko‘rsata olmadi. O‘tkirovda potensial yuqori, biz unga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat beramiz, biroq buning ham chegarasi bor" - dedi G‘ofurov.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati